» » Zamonaviy texnologiyalar bois yo‘q bo‘lishi kutilayotgan 7 kasb

Zamonaviy texnologiyalar bois yo‘q bo‘lishi kutilayotgan 7 kasb


Bugungi kunda mashinalar odamlarning o‘rnini egallagan bir qancha kasblar bor. AQSh mehnat vazirligining hisob-kitoblariga qaraganda esa, 2025-yilga kelib bugungi maktab o‘quvchilarining 65 foizi hali o‘ylab topilmagan kasblarning egalari bo‘ladi.

Robotlar qanday kasblarning kushandasiga aylanishi mumkin? “Ideonomika” sayti robotexnika va zamonaviy texnologiyalar tufayli yaqin bir necha yil ichida eskilik sarqitiga aylanishi mumkin bo‘lgan yetti kasbni aniqladi.

1. Taksichi

Qachon ehtiyoj tugaydi: 2038-yilda.

Avtomatik boshqariluvchi mashinalar ustidagi ishlar davom etmoqda, bir necha o‘n yilda nafaqat kirakashlar, balki umuman haydovchilarga ehtiyoj qolmasligi mumkin.

2. Buxgalter

Qachon ehtiyoj tugaydi: 2028-yilda.

Sun’iy ong asosiga qurilgan buxgalterlik dasturlari shu qadar kuchli va arzon mahsulotga aylanadiki, “tirik” buxgalterlar ular bilan bahslasha olmaydi.

3. Yurist yordamchisi

Qachon ehtiyoj tugaydi: 2026-yilda.

Yuristlarga ham avtomatlashtirilgan yordamchilar ko‘proq asqatadi — ular tezroq ishlaydi, ko‘proq narsa biladi va hech qachon dam olmaydi.

4. Aviadispetcher

Qachon ehtiyoj tugaydi: 2038-yilda.

2034-yilda odam aviadispetcher aybi bilan ro‘y berajak qo‘rqinchli halokat tufayli hukumat havodagi harakatni kompyuterlar boshqarishini talab qiladi.

5. Avtoturargoh xodimi

Qachon ehtiyoj tugaydi: 2028-yilda.

Yangi texnologiyalar mashinaning avtoturargohda qancha turganini aniq kuzatish imkonini beradi, bu to‘lov masalasiga aniqlik kiritadi.

6. Turoperator

Qachon ehtiyoj tugaydi: 2025-yilda.

Siz onlayn turistik agentlik saytiga kirasiz, safaringiz haqida hikoya qilib berasiz, sayt aniqlashtiruvchi savollar yordamida sizga qulay yo‘nalishni tanlab beradi.

7. Tarjimon

Qachon ehtiyoj tugaydi: 2031-yilda.

2028-yilda Google og‘zaki nutqni aniq tarjima qilish vositasini ishlab chiqaradi, shu bilan “tirik” tarjimonlarga zarurat qolmaydi.

Опубликовано: admin (11-03-2017, 16:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют