» » PFL O‘zbekiston Superligasida 2-o‘rinni olgan “Paxtakor”ga 1 mlrd so‘m mukofot pulini o‘tkazib berdi

PFL O‘zbekiston Superligasida 2-o‘rinni olgan “Paxtakor”ga 1 mlrd so‘m mukofot pulini o‘tkazib berdi


Professional futbol ligasi O‘zbekiston Superligasida 2-o‘rinni olgan “Paxtakor”ga 1 mlrd so‘m mukofot pulini o‘tkazib berdi. Bu haqda tashkilot rasmiy saytida xabar berildi.

2018-yilgi mavsum avvalida Professional futbol ligasi sovrinli o‘rinlarni egallagan futbol klublariga ma’lum miqdorda mukofot pullari va’da qilgan edi.

Toshkentning “Paxtakor” futbol klubi O‘zbekiston Superligasi 2018 yilgi mavsumi yakunlariga ko‘ra 2-o‘rinni egalladi. Qolaversa, klubning futzal jamoasi mamlakat chempionatida kumush medallarga ega chiqdi.

Bungacha Professional futbol ligasi klublar bo‘ynidagi qarzdorlik masalalari hal bo‘lishiga qarab, rag‘batlantiruvchi mukofot pullarini o‘tkazib borishni rejalashtirgan.

Ma’lum bo‘lishicha, “Paxtakor” klubi mavjud qarzdorliklarini to‘liq bartaraf etgan. Qolaversa, akademiya va maydon bo‘yicha talablar bajarilgan.

Shu boisdan “Paxtakor” klubi birinchilardan bo‘lib mukofot pullarini qabul qilib oldi. Klub hisobiga Superligada 2-o‘rinni egallagani uchun 800 million so‘m, shuningdek, futzal jamoasi mamlakat chempionatida 2-o‘rinni qo‘lga kiritgani uchun 200 million so‘m o‘tkazib berildi.

Tashkilot xabarida aytilishicha, O‘zbekiston Professional futbol ligasi qolgan barcha klublarga ham va’da qilingan mukofot pullarini bosqichma-bosqich o‘tkazib berish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-03-2019, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют