» » O‘zbekiston meva va sabzavotlarni Rossiyaga yetkazib berish uchun nazorat punktlari sonini ko‘paytirishni taklif qildi

O‘zbekiston meva va sabzavotlarni Rossiyaga yetkazib berish uchun nazorat punktlari sonini ko‘paytirishni taklif qildi


O‘zbekiston meva-sabzavot mahsulotlarini Rossiyaga yetkazib berish bo‘yicha “yashil yo‘lak” faoliyatiga jalb qilingan nazorat punktlari sonini ko‘paytirishni taklif qildi, deya xabar beradi “Podrobno”.

Bu haqda ikki mamlakat o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlik bo‘yicha qo‘shma ishchi guruhning ikkinchi yig‘ilishida muhokama qilindi. Tadbirda O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xo‘jayev va Rossiya Qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari Sergey Levin ishtirok etdi.

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda zarur asbob-uskunalar bilan jihozlangan 11 ta nazorat punktlari mavjud. Fevral oyida “Rosselxoznadzor” Astraxan, Dzerjinsk, Sankt-Peterburg va Kolomnada yana to‘rtta nazorat punktini ochildi.

O‘zbekiston tomoni mahsulotlar oqimini hisobga olgan holda, Rostov viloyati va boshqalarda bir nechta punkt ochishni taklif qildi.

Tez buziladigan mahsulotlarni yetkazib berishni tezkor boshlash uchun Rossiya Qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari ikkala mamlakatning tartibga soluvchi organlari o‘rtasida elektron axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yish taklifi bilan chiqdi. O‘zbekiston va Rossiyaning tegishli idoralari “Argus-Fito” va “Merkuriy” tizimlarida elektron axborot almashinuviga darhol o‘tish taklif qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-03-2019, 13:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 41) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют