» » O‘zbekiston va Rossiya agrosanoat majmuasini raqamlashtirish imkoniyatlari muhokama qilindi

O‘zbekiston va Rossiya agrosanoat majmuasini raqamlashtirish imkoniyatlari muhokama qilindi


Ushbu muhim sohadagi hamkorlik masalalarini muhokama qilish uchun qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xo‘jayev boshchiligidagi delegatsiya Rossiyaga tashrif buyurdi, deya xabar beradi Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi.

Tashrifning rasmiy qismi Rossiyaning qishloq xo‘jaligi vaziri Dmitriy Patrushyev bilan uchrashuvdan boshlandi.

Muzokaralarning asosiy mavzusi — O‘zbekistondan meva va sabzavotlarni Rossiyaga yetkazib berishni oshirish, shuningdek, xo‘jalik yurituvchi subyektlarga mazkur ta’minotni amalga oshirishda yordam ko‘rsatish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish bo‘ldi.

Hamkorlar 2018-yilgi natijalar bo‘yicha mamlakatlar o‘rtasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va oziq-ovqat tovar aylanmasi 20 foizdan oshib, qariyb 550 million dollarni tashkil etgani qayd etilgan. Tomonlar kelgusida Qishloq xo‘jaligi bo‘yicha qo‘shma ishchi guruhining yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida kelishib olgan.

“Vneshekonombank” raisi Igor Shuvalov bilan suhbat chog‘ida Rossiya tomoni O‘zbekistondan meva va sabzavot eksportini moliyalashtirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga tayyor ekanini ma’lum qildi. Yaqin kelajakda birgalikdagi ishlarni imzolash va boshlash uchun tegishli hujjatlar ishlab chiqiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-02-2019, 13:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 43) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют