» » Rossiya va O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirlari Moskvada muzokaralar o‘tkazdi

Rossiya va O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirlari Moskvada muzokaralar o‘tkazdi


Rossiyaga ishchi safari doirasida Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xo‘jayev rossiyalik hamkasbi Dmitriy Patrushev bilan uchrashdi. Bu haqda “Daryo”ga Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Tomonlar mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish dinamikasini mamnuniyat bilan qayd etdi. Dmitriy Patrushevga ko‘ra, 2018-yilda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari savdosi 20 foizdan oshdi. Bundan tashqari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berish hajmini oshirishga yordam beradigan mavjud “Yashil yo‘lak” va boshqa bitimlarning roli ham alohida ta’kidlab o‘tildi.

Savdo hajmini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlardan tashqari, har ikki tomon o‘simlikchilik va baliqchilik, ilmiy-texnikaviy rivojlanish, qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish va boshqa sohalarda tegishli idoralar o‘rtasida tajriba almashishga tayyor ekanligini bildirdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar O‘zbekiston va Rossiya idoralari o‘rtasida, xususan, qishloq xo‘jaligi bo‘yicha o‘zbek-rus ishchi guruhi doirasida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha rejalar tuzdi.

O‘zbekiston delegatsiyasining safari davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-02-2019, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют