» » Bundesliga. “Bavariya” “Volfsburg” darvozasiga javobsiz 6 ta gol urdi, “Borussiya D”da ham g‘alaba (video)

Bundesliga. “Bavariya” “Volfsburg” darvozasiga javobsiz 6 ta gol urdi, “Borussiya D”da ham g‘alaba (video)


9-mart, shanba kuni futbol bo‘yicha Germaniya Bundesligasining 25-turi doirasida 4 ta uchrashuvi yakunlandi.

Niko Kovach boshliq Myunxenning “Bavariya” klubi o‘z maydonida “Volfsburg” jamoasini sinovdan o‘tkazdi.

Uchrashuvda Serj Gnabri (34), Robert Levandovski (37, 85), Xames Rodriges (52), Tomas Myuller (76) hamda Joshua Kimmix (82) ning gollari myunxenliklarning g‘alabasini ta’minladi va klub muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdi (6:0). Natijada “Bavariya” gollar nisbati evaziga “Borussiya Dortmund”ni musobaqa jadvalida ikkinchi o‘ringa tushurib qo‘ydi.

Musobaqa jadvalida yetakchilik qilayotgan “Borussiya Dortmund” jamoasi “Signal Iduna Park” stadonida “Shtutgart” qabul qildi.

Bellashuvning 62-daqiqasida Marko Roys penaltidan gol urgan bo‘lsa, 71-daqiqaga kelib Mark-Oliver Kempf hisobni tenglashtirdi (1:1). 84-daqiqada esa Fransisko Alkaser Kristian Pulishich uzatmasini golga aylantirdi va jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi (2:1). O‘yinning so‘nggi daqiqalarida esa Kristian Pulishich mezbonlar g‘alabasini mustahkamladi (3:1).

Bundesliga

25-tur bahslari

9-mart, shanba

Gollar: 1:0 — 34 Gnabri, 2:0 — 37 Levandovski, 3:0 — 52 Rodriges, 4:0 — 76 Myuller, 5:0 — 82 Kimmix, 6:0 — 85 Levandovski

Gollar: 1:0 — 62 Roys, 1:1 — 71 Kempf, 2:1 — 84 Alkaser, 3:1 — 90 Pulishich

Gollar: 1:0 — 27 Petersen, 1:1 — Ibishevich, 2:1 — 81 Shlotterbek

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-03-2019, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют