» » Nukus shahridagi 59 ta mahalladan 46 tasida joriy yilda umuman jinoyat sodir etilmadi

Nukus shahridagi 59 ta mahalladan 46 tasida joriy yilda umuman jinoyat sodir etilmadi


O‘zbekistonda jamoat tartibini saqlash hamda xavfsizligini ta’minlash, “Xavfsiz shahar”, “Xavfsiz hudud” loyihalarida belgilangan vazifalarni samarali va to‘liq amalga oshirishda qator chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda, deb yozadi Ichki ishlar vazirligining matbuot xizmati.

Bu boradagi ishlarning samaradorligini yanada oshirish maqsadida joriy yil boshidan Shimoliy-g‘arbiy harbiy okrugning Nukus garnizonida Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar organlarining jinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyatini bevosita amalga oshiruvchi xodimlarini o‘qitish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan o‘quv-amaliy kurslari boshlangan edi.

O‘tgan yanvar—fevral oylarida ushbu kursning ilk tinglovchilari kurslarni tamomlab, o‘qish davomida olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llamoqda. Mart oyida ham mazkur kurslarda ishtirok etgan tinglovchilar sertifikatlar hamda faollik ko‘rsatganlar “Faxriy yorliq” bilan taqdirlandi.

Jamoat xavfsizligini ta’minlashga jalb etilgan xodimlar tomonidan “huquqbuzarlik va jinoyat sodir qilishga moyil”, deb gumon qilingan shaxslarni ichki ishlar bo‘limlariga olib kelinishi, tungi vaqtlarda ko‘chalarda maqsadsiz yurgan fuqarolar bilan profilaktik suhbatlar olib borilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Natijada Nukus shahrida umumiy jinoyatchilik o‘tgan yilning mos davriga ko‘ra, 19 foizga kamayishiga erishilgan. Jami 59 ta mahalla fuqarolar yig‘inining 46 tasida umuman jinoyat sodir etilmagan.

Ayni paytda o‘quv-amaliy kursining navbatdagi mashg‘ulotlari boshlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-03-2019, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют