» » Dubayda moda haftaligi o‘tkazildi

Dubayda moda haftaligi o‘tkazildi


7-mart kuni Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib o‘tgan Dubai Modest Fashion Week (Dubay musulmoncha moda haftaligi)da dunyoning 26 dan ortiq mamlakatlaridan dizaynerlar tashrif buyurgan. Bu haqda “Muslimaat.uz” xabar berdi.

Uch kun davom etgan ushbu dastur “Emerald Palace Kempinski” (Kempinski Zumrad saroyi)da bo‘lgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, musulmoncha moda harakati 2020-yilga qadar 250 milliard dollargacha daromad keltirishi taxmin qilingan.

Moda haftaligida Shayxa Hind Faysal al-Qosimiy (BAA), Niswa Fashion (AQSh), Imon Bosnina (Avstriya), Adrianna Yariqa (Singapur), Tika Ramlan (Indoneziya), Anotah (Quvayt), Hijab Queen (Ozarbayjon) kabilar tomoshabinlar e’tirofiga sazovor bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-03-2019, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 85) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют