» » GM Uzbekistan avtomobillarni qo‘shimcha opsiyalar bilan ishlab chiqaradi

GM Uzbekistan avtomobillarni qo‘shimcha opsiyalar bilan ishlab chiqaradi


GM Uzbekistan xaridorlarga qulaylik yaratish maqsadida  qo‘shimcha qurilma va opsiyalar tanlash imkonini taqdim etadi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

GM Uzbekistan kompaniyasi 2019-yilning mart oyidan yangi opsiyali avtomobillarni ishlab chiqarishni sinov tariqasida yo‘lga qo‘ydi. Xaridorlar yangi opsiyali avtomobillar uchun joriy yilning 15-mart kunidan e’tiboran rasmiy dilerlar orqali shartnoma tuzishlari mumkin bo‘ladi. Mart oyida shartnoma tuzgan xaridorlarning yangi opsiyali ilk avtomobillari 2019-yilning iyun oyida yetkazib beriladi.

Yangi avtomobil opsiyalari modifikatsiyasiga qarab quyidagi opsiyalarni o‘z ichiga oladi:

Dastlabki bosqichda qo‘shimcha opsiyalar bilan Spark, Nexia va Lacetti avtomobillari jihozlanadi, keyinchalik esa ushbu ro‘yxat Cobalt modeli bilan to‘ldiriladi.

2019-yilda yangilangan qo‘shimcha opsiyalar ro‘yxati hamda ular bilan jihozlanadigan avtomobillar soni ortib boradi.

Batafsil ma’lumotlarni kompaniyaning rasmiy sayti va dilerlaridan olish mumkin bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-03-2019, 17:59)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют