» » Xitoylik arxeologlar afsonaviy maxluq tasviri tushirilgan tobutni topdi

Xitoylik arxeologlar afsonaviy maxluq tasviri tushirilgan tobutni topdi


Xitoyning Guychjou provinsiyasida olib borilgan qazishmalarda Min sulolasi (1368—1644) davriga tegishli laklangan tobut topildi, deb xabar berdi “TASS”.

Olimlarning taxminlariga ko‘ra, topilma yoshi qariyb 500 yilni tashkil etadi.

Xabarda aytilishicha, tobut pronvisiyaning shimoli-sharqiy qismida joylashgan Min sulolasi uchta maqbarasining biridan topilgan. Guychjou madaniy meros va arxeologik tadqiqotlar instituti xodimlarining fikriga ko‘ra, maqbara 1581-yilda, imperator Vanli hukumronligi (1572—1620) davrida qurilgan.

Artefaktning yuzasida qadimiy Xitoyning to‘rtta afsonaviy maxluqlari Moviy ajdar, Qizil qaqnus, Qora toshbaqa va Oq yo‘lbars tasviri tushirilgan. O‘z navbatida maqbara devorlari bonsay va turnalar tasvirlari bilan bezatilgan.

Shuningdek, arxeologlar turli qimmatbaho buyumlar, jumladan, oltin va kumushdan yasalgan taqinchoqlarni topishgan. Bundan tashqari, odam suyaklari va tishlari topilgan.

Arxeologlarning so‘zlariga ko‘ra, ushbu topilmalar Min sulolasining dafn marosimi an’analarini o‘rganishga yordam beradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-03-2019, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют