» » Sirdaryoda Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning tamal toshi qo‘yildi

Sirdaryoda Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning tamal toshi qo‘yildi


Shavkat Mirziyoyev shu yil fevral oyidagi Sirdaryo viloyatiga tashrifida O‘zbekiston xalq shoiri Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ona tili va adabiyot fanlarini chuqur o‘rgatishga ixtisoslashtirilgan maktabni tashkil etish bo‘yicha topshiriq bergan edi. Bu haqda “Xalq so‘zi” ma’lum qildi.

Guliston shahrida ana shu maktab binosiga tamal toshi qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Joriy yil 25-avgustigacha qurib foydalanishga topshirilishi kutilayotgan mazkur o‘quv muassasasida 150 nafar iqtidorli o‘g‘il-qiz ta’lim olishi mo‘ljallanmoqda. Unda shoiraning hayoti va ijodiga oid muzey ham joy olishi belgilangan.

Maktab qurilishi boshlanishiga bag‘ishlangan marosimda shoiraning singlisi, Xovos tumanidagi 23-maktab o‘qituvchisi Rahima Xudoyberdiyeva so‘zga chiqib, opasiga ko‘rsatilgan ehtirom uchun ijodkorning oila a’zolari nomidan minnatdorlik bildirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-03-2019, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют