» » Estoniya razvedkasi: Belarusdagi inqilob tufayli Rossiya bilan NATO o‘rtasida urush boshlanishi mumkin

Estoniya razvedkasi: Belarusdagi inqilob tufayli Rossiya bilan NATO o‘rtasida urush boshlanishi mumkin


Belarusda “rangli inqilob” sodir bo‘lsa Rossiya bilan NATO o‘rtasida urush boshlanishi mumkin, deb yozadi “Kommersant”.

Bu haqda Estoniya razvedkasi tomonidan Rossiyaning harbiy mashqlari kuzatish asosida yozilgan “Xalqaro xavfsizlik va Estoniya” ma’ruzasida aytilgan.

“Bizning baholashimizcha, agar prezident Aleksandr Lukashenkoning shaxsan o‘zi yoki uning tizimi bilan kutilmagan narsa sodir bo‘lsa, Belarusning demokratik g‘arbiy davlatga aylanib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun Rossiya tomonidan tezkor harbiy harakatlar amalga oshirilishi ehtimoli yuqori bo‘ladi”, — deb yozilgan hujjatda.

Razvedkachilarning ishonch bildirishicha, so‘nggi 20 yil davomidagi harbiy mashqlar ssenariysi NATOga qarshi kurashni aks ettiradi. Ssenariylar esa, ularning aytishiga ko‘ra, 2008-yildagi Gruziya voqealaridan keyin ham, Ukrainadagi 2014-yil voqealaridan keyin ham, Suriyada urush boshlanishidan avval ham o‘zgarmagan.

“Harbiy rejalashtirish nuqtayi nazaridan Rossiya Estoniyani yakuniy maqsad sifatida qaramayapti, biroq uni NATOning bir qismi sifatida ko‘rmoqda. Shuning uchun hatto Rossiya va NATO o‘rtasidagi ziddiyat dunyoning istalgan nuqtasida boshlansa ham, Estoniya Rossiyaning harbiy hujumiga tayyor turishi kerak”, — deb qayd etilgan hujjatda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-03-2019, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют