» » Milliy universitet talabalari Orolbo‘yiga jo‘nab ketdi

Milliy universitet talabalari Orolbo‘yiga jo‘nab ketdi


O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari Orolbo‘yi hududida mo‘jaz bog‘ yaratishni maqsad qildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Yoshlar ittifoqi faollari, Qoraqalpog‘iston davlat universitetida tahsil olayotgan yigit-qizlar bilan hamkorlikda boshlangan loyiha “Orol va yoshlar” shiori ostida o‘tkazilib, uning doirasida "Tashabbuskor talaba-yoshlar o‘quv-ilmiy ekspeditsiyasi” tashkil etildi.

Toshkentdagi Janubiy temir yo‘l vokzalidan mazkur ekspeditsiya a’zolari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga jo‘nab ketdi. Mazkur ekspeditsiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad bo‘lg‘usi ekolog, tuproqshunos va biologlar ishtirokida Mo‘ynoq tumanidagi Bo‘zatov ovul fuqarolar yig‘ini Shag‘rli ovuli hududidagi 2 gektar yerda O‘zbekiston Milliy universitetining o‘quv-ilmiy maydonchasini tashkil etishdir.

Bu mazkur hududda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, Orolbo‘yi tuprog‘i, o‘simliklari, suvi, uning tarkibi, xususiyatlarini puxta o‘rganishga asos yaratadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-03-2019, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 51) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют