» » Usmonxon Alimov Tatariston musulmonlari diniy boshqarmasiga tashrif buyurdi (foto)

Usmonxon Alimov Tatariston musulmonlari diniy boshqarmasiga tashrif buyurdi (foto)


13-mart kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari Tataristondagi xizmat safarlari davomida Tatariston musulmonlari idorasi, madrasalari va masjidlari faoliyati bilan yaqindan tanishdi, deb xabar berdi idora matbuot xizmati.

Tatariston musulmonlari diniy boshqarmasi raisi, muftiy Kamil hazrat Samigullin va boshqa mutasaddilar bilan o‘zaro muloqotlar o‘tkazdi. Muftiy hazratlari Diniy boshqarma ish faoliyati, madrasalarda dars berish jarayonlari, kutubxonalar fondi, mudarrislarning saboq berish mahorati va talabalarga yaratilgan shart-sharoitlarni birma-bir ko‘zdan kechirdi.

Ma’lumot o‘rnida, Tatariston musulmonlari diniy boshqarmasi 1992-yilda Tatariston musulmonlari qurultoyi qarori bilan tashkil etilgan. Gabdulla hazrat Galiullin Tatariston musulmonlari diniy boshqarmasining birinchi raisi etib saylangan. 1998-yilda Tatariston musulmonlari diniy boshqarmasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. 2013-yil aprel oyidan boshlab, muftiy Kamil hazrat Samigullin Tatariston musulmonlari diniy boshqarmasini boshqarib kelmoqda.

Tatariston musulmonlari diniy boshqarmasi bugungi kunda o‘z tarkibiga 9 ta qoziyot, 48 ta tuman muhtasiblari, 1415 ta masjid, 9 ta madrasani o‘z ichiga oladi.

Shuningdek, diniy boshqarma Qozon islom universiteti muassisi hamda Rossiya islom instituti va Bulg‘or islom akademiyasi hammuassisi hisoblanadi.

Tatariston musulmonlari diniy boshqarmasi uslubiy rahbarligi ostida “Halol” standart qo‘mitasi, Tatariston “Vaqf” jamg‘armasi, Tatariston musulmonlari diniy boshqarmasi Haj rasmiy haj-operatori, “Zakot” xayriya jamg‘armasi, “Huzur” nashriyot uyi o‘z faoliyatlarini olib bormoqda.

Tomonlar uchrashuvlar davomida o‘zaro tajriba almashib, bir-birlariga esdalik sovg‘alari topshirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-03-2019, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют