» » O‘zbekiston yoshlar ittifoqi kimlarning to‘lov-shartnoma pullarini to‘lab beradi?

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi kimlarning to‘lov-shartnoma pullarini to‘lab beradi?


O‘zbekiston bo‘ylab Yoshlar ittifoqi tomonidan tashkil etilgan “Ittifoq ta’lim granti” loyihasiga doir hududiy komissiya yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi, deb yozadi O‘zA.

Unda komissiya a’zolari tomonidan oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-shartnoma asosida ta’lim olayotgan chin yetim (ota-onasiz, ota-onalik huquqidan mahrum etilgan), imkoniyati cheklangan hamda mehribonlik uyida tarbiyalangan, boquvchisini yo‘qotgan talabalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash yuzasidan to‘lov-shartnoma mablag‘larining 50 foizigacha bo‘lgan miqdorini to‘lab berish bo‘yicha murojaat qilgan talabalarning hujjatlari o‘rganib chiqildi.

Komissiya a’zolarining yakuniy xulosalariga ko‘ra, jami 367 nafar nomzod orasidan 203 nafar talabaning hujjatlari O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashining respublika komissiyasiga tavsiya etildi. Jumladan, Toshkent shahridan 32 nafar, Samarqand viloyatidan 31 nafar, Surxondaryo viloyatidan 22 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasidan 20 nafar, Buxoro viloyatidan esa 18 nafar yoshning topshirgan hujjatlari hududiy komissiya yig‘ilishidan muvaffaqiyatli o‘tdi.

Shuningdek, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlaridan 17 nafardan, Farg‘ona viloyatidan 10 nafar, Jizzax viloyatidan esa 9 nafar, Namangan viloyatidan 8 nafar, Xorazm viloyatidan 7 nafar, Andijon viloyatidan 6 nafar hamda Toshkent viloyatidan 4 nafar, Sirdaryo viloyatidan 2 nafar ishtirokchining hujjatlari ham mazkur loyihaning yakuniy bosqichida o‘rganiladi.

367 talabadan 164 nafarining hujjatlari n izom talablariga javob bermagani uchun Respublika komissiyasiga taqdim etilmadi.

Nomzod talabalarning hujjatlari Respublika komissiyasi tomonidan “Ittifoq ta’lim granti”ga loyiq deb topilsa, to‘lov-shartnoma mablag‘larining 50 foizigacha bo‘lgan miqdori joriy yilning 20-martiga qadar to‘lab beriladi.

“Ittifoq ta’lim granti” loyihasi sovrindorlarini aniqlashda asosiy e’tibor talabaning ayni vaqtdagi ijtimoiy-moddiy ahvoli, jamoatchilik ishlarida faolligi va erishgan yutuqlariga qaratildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-03-2019, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют