» » Chaykani o‘ldirib qo‘ygan britaniyalik 1100 dollar jarima to‘laydi

Chaykani o‘ldirib qo‘ygan britaniyalik 1100 dollar jarima to‘laydi


Qirg‘oqda dam olayotgan britaniyalik chaykani o‘ldirgani uchun uch oylik komendant soati berildi shuningdek, 1100 dollar jarima ham to‘laydi. Bu haqda BBC xabar berdi.

2018-yil iyul oyida 64 yoshli kardiflik Jon Xluelin-Jons Somerset grafligida joylashgan Ueston sohil kurortiga borganida chaykani o‘ldirib qo‘ygan.

Klusha (chaykaning turi) Jonga qarab uchgan va uning qo‘lidagi qovurilgan kartoshkaga hujum qilgan. Natijada kartoshka Jonning qo‘lidan to‘kilib ketgan.

Guvohlarning aytishicha, jahli chiqqan Jon qushni tutib olgan va o‘lgunicha bir necha bor devorga qarab urgan.

Xluelin-Jons sudda o‘z aybini tan olmagan. Lekin sud ikki guvohning ko‘rsatmasini ishonchli deb topgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-03-2019, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют