» » O‘zbekistonda bolalikdan nogironligi bo‘lgan farzandi bor onalarga 55 yoshga yetganlarida ijtimoiy nafaqa tayinlanadi

O‘zbekistonda bolalikdan nogironligi bo‘lgan farzandi bor onalarga 55 yoshga yetganlarida ijtimoiy nafaqa tayinlanadi


Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq, endilikda tegishli ish stajiga ega bo‘lmagan bolalikdan nogironligi bo‘lgan farzandi bor onalarga ular 55 yoshga yetganlarida ijtimoiy nafaqa tayinlanadi.

Mazkur nafaqa bolaning nogironligi to‘g‘risida tibbiy-maslahat komissiyasining tibbiy xulosasi yoki ma’lumotnomasi asosida tayinlanadi.

Qonunchilikka muvofiq, I va II guruh nogironlar, yoshga doir yoki boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi tayinlangan nafaqa oluvchilarga ular haq to‘lanadigan ishni bajarishi yoki daromadning boshqa manbaiga ega bo‘lishi munosabati bilan nafaqa to‘lash to‘xtatilar edi.

Qaror bilan mazkur tartib bekor qilindi, ya’ni nafaqa oluvchi boshqa daromad keltiradigan ish bilan shug‘ullanishi yoki shug‘ullanmasligidan qat’iy nazar, nafaqa to‘lash davom ettiriladi.

Shuningdek, qarorga ko‘ra, endilikda quyidagi tovarlarning narxlari davlat tomonidan tartibga solinmaydi:

aholining ijtimoiy zaif qatlamlari va davlatning strategik zaxirasini shakllantirish uchun mo‘ljallangan paxta moyi;

sheluxa va paxta chigiti shroti.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-03-2019, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 89) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют