» » O‘zbekistonda eshitish va nutqida muammosi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash dispetcherlik xizmati tashkil etiladi

O‘zbekistonda eshitish va nutqida muammosi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash dispetcherlik xizmati tashkil etiladi


Eshitish va nutqida muammosi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Qarorga muvofiq, 2019-yil 1-iyuldan Favqulodda vaziyatlar vazirligi tarkibida Eshitish va nutqida muammosi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash dispetcherlik xizmati tashkil etiladi.

Eshitish va nutqida muammosi bo‘lgan shaxslar, shuningdek, ularning vakillari tomonidan texnik vositalar (video qo‘ng‘iroqlar, matnli xabarlar, maxsus dasturiy ta’minotdan foydalangan holda qo‘ng‘iroqlar va boshqalar) orqali bo‘ladigan murojaatlarga shoshilinch operativ xizmatlarning (101, 102, 103, 104, 1050) kechayu kunduz, tezkor javob berishlarini ta’minlash dispetcherlik xizmatining asosiy vazifasi hisoblanadi.

Shuningdek, qarorga muvofiq eshitish va nutqida muammosi bo‘lgan shaxslarning shaxsiy ma’lumotlari elektron bazasi yaratiladi.

2019-yil 1-iyulga qadar eshitish va nutqida muammosi bo‘lgan shaxslarga shoshilinch operativ xizmatlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish, shu jumladan, mobil aloqa servislaridan foydalanish bo‘yicha bepul xizmat ko‘rsatish imkonini beruvchi axborot tizimi joriy etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-03-2019, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют