» » Silvestr Stallone: “Agar Konor Habibni mag‘lub etmasa, bu uni butun umr ta’qib etadi”

Silvestr Stallone: “Agar Konor Habibni mag‘lub etmasa, bu uni butun umr ta’qib etadi”


Hollivudning mashhur kinoaktyori Silvestr Stallone Konor Makgregor hamda Habib Nurmagomedov jangi to‘g‘risida fikr bildirdi.

“Konor judayam kekkaygani uchun yutqazib qo‘ydi, deb o‘ylayman. Juda ham mag‘rur va hatto xafa bo‘lgan. Habib oyog‘iga yopishib, zarba bergan vaqt… Sen himoyalanish kerak bo‘lgan vaqt nega qo‘llaringni tushirasan? Menimcha, uning “B” rejasi bo‘lmagan.

Agar Konor Habibni mag‘lub etmasa, bu uni butun umr ta’qib etadi. Hozir Makgregor nima qilishini bilmay turibdi. Mag‘lubiyat, hibsga olishlar, jamoatchilik — bularning barchasi uni yer bilan bitta qilish uchun bahona izlamoqda. Konor o‘ziga o‘zi: “Men buni qila olaman. Mag‘lubiyatga uchramayotgan raqibimni yutishim shart”, deb aytishi kerak.

Konorga qanday maslahat berishim mukin? Tabassum. Agar sen kulib yursang, odamlar seni tanqid qilolmaydi”, — deydi Stallone TMZ’ga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning oktabr oyida UFC 229 musobaqasi doirasida bo‘lib o‘tgan chempionlik uchun jangda Konor Makgregor Habib Nurmagomedovga mag‘lub bo‘lgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-03-2019, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 50) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют