» » O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligi: Sog‘lom turmush tarzi qandli diabеt xastaligining oldini oladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligi: Sog‘lom turmush tarzi qandli diabеt xastaligining oldini oladi


Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Milliy matbuot markazida “Aholini, ayniqsa, yoshlarni qandli diabet kasalligidan himoya qilish chora-tadbirlari: natijalar, muammolar va yechimlar” mavzusida matbuot anjumanida tashkil etildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi “Daryo”ga xabar berdi.

Anjumanda aytilishicha, Vazirlik tomonidan Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida hududlar kesimida 42 nafar 1-tur qandli diabet bilan og‘rigan bemor bolalar “Medtronik”,“Minimed-715” insulin pompalari va uning anjomlari bilan ta’minlangan. Natijada bolalarning sog‘lom hayotga qaytishiga erishilgan. Joriy yilda ham markaz tomonidan o‘tgan yil dekabr oyidagi dastur doirasida xarid qilingan 50 dona insulin pompalari yil davomida 50 nafar qandli diabetning 1-turi bilan og‘rigan bemor bolalar va o‘smirlarga, 5 nafar homiladorlikni rejalashtirgan, qandli diabetning 1- yoki 2-turi bilan kasallangan ayollarda qo‘llanilishi rejalashtirilgan.

“Qandli diabet bilan og‘rigan bolalar, o‘smirlar va ushbu kasallikning 1-turiga chalingan katta yoshlilar hamda insulin bilan muolaja qilinadigan 2-tur bemorlar ko‘proq e’tiborga muhtoj bo‘lishadi. Ushbu guruh bemorlar yuz foiz davlat tomonidan insulin bilan ta’minlanmoqda. Qandli diabetni o‘z vaqtida aniqlanish va samarali davolash asoratlar yuzaga kelishini kamaytiradi, bemorlar hayotini uzaytirib, asoratlarni davolashda ketadigan sarf-xarajatlarni kamaytiradi. Kasallikni davolash barobarida, uning oldini olish eng muhim vazifadir. Ayniqsa, 2-tur qandli diabetning oldini olish sog‘lom turmush tarzi va tibbiy madaniyatga bog‘liq. Ya’ni, ovqatlanish tartibiga rioya etmaslik, kamharakatlilik, semizlik va qon bosimining yuqori bo‘lishi ushbu xastalikning asosiy sabablaridir”, – deydi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bosh shifokori Feruza Haydarova.

Shuningdek, Vazirlik tashabbusi bilan ayrim viloyatlarda 45 yoshdan oshgan aholi orasida qandli diabetning skriningi o‘tkazilmoqda. Barcha viloyat endokrinologik dispanserlarini esa o‘z vaqtida uzluksiz ravishda zarur reaktivlar, xususan, glikirlangan gemoglobin va qalqonsimon bez gormonlari reaktivlari bilan ta’minlash yo‘lga qo‘yilgan. Bundan tashqari, 1-tur qandli diabet bolalar va o‘smirlarni analog insulinlar, insulin yuborish uchun maxsus moslamalar (insulin shprits-ruchkalari) va o‘z-o‘zini nazorat qilish vositalari bilan to‘liq ta’minlash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-03-2019, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 82) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют