» » Rossiyada qul qilib ishlatilgan 5 nafar o‘zbekistonlik vataniga qaytdi

Rossiyada qul qilib ishlatilgan 5 nafar o‘zbekistonlik vataniga qaytdi


O‘zbekistonlik besh kishi kuz oxirida Rossiyaga ishlashga yo‘l olgan. Bunga o‘sha yerda ishlayotgan R. ismli shaxsning “yaxshi ish bor, maoshi ham ancha yuqori, kelib ishlasangiz yordam beraman”, degan gaplari sabab bo‘lgan, deya xabar beradi O‘zA.

Ryazan shahriga yetib borgan yigitlar o‘sha tanish kishiga ro‘yxatdan o‘tish va ishlashga ruxsatnoma olish uchun pasportlarini bergan. U esa ularni mebel fabrikasiga olib borgan. Yigitlar shu yerdagi ishchilar yotoqxonasiga joylashgach, ish boshlagan.

Oradan oylar o‘tsa hamki, o‘zbekistonlik yigitlar hujjatlarini olmagani yetmaganday, ularga ish haqi ham berilmaydi. Bundan norozi bo‘lib, ular fabrikani tark etishga urinadi. Biroq, bu samarasiz ketadi. Chunki ular “tekin ishchi kuchi”ni majburan orqaga qaytarishadi.

Ikki oydan keyin ular boshqa yerga, ya’ni Penzadagi fabrikalardan biriga olib boriladi. Bu yerda ham ular fabrika va yotoqxona o‘rtasida borib-kelib, ishlashga majbur etiladi.

Ammo ko‘chish asnosida kichik mo‘jiza sodir bo‘ldi. Qul qilib ishlatilayotgan yigitlardan biri qarindoshiga xabar berishga muvaffaq bo‘ladi. U esa yigitlarni qutqarish chorasini izlay boshlaydi. Nihoyat “Istiqbolli avlod” ijtimoiy-axborot markazi ga qo‘ng‘iroq qilib, vaziyatni tushuntiradi.

O‘z navbatida, “Istiqbolli avlod” Rossiyadagi hamkori bo‘lgan “Alternativa” ko‘ngillilar harakatiga yordam so‘rab murojaat qildi.

“Alternativa” ko‘ngillilari yigitlar majburan ishlatilayotgan fabrikaga borib, ularni qutqarishga muvaffaq bo‘ldi.

Ko‘ngillilar o‘zbekistonliklarga vaqtinchalik hujjat tayyorlab, ularni qaytarish choralarini ko‘rdi. Aldanib, qullikka mahkum etilgan yigitlar ozod bo‘lib, O‘zbekistonga qaytdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-03-2019, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 30) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют