» » “Chirchiq” kanaliga axlat tashlamoqchi bo‘lgan shaxslar jazoga tortildi

“Chirchiq” kanaliga axlat tashlamoqchi bo‘lgan shaxslar jazoga tortildi


Bektemir viloyatining hududi bo‘ylab oqayotgan “Chirchiq” kanaliga axlat tashlagan erkaklarga ma’muriy jazo choralari ko‘rildi, deya xabar beradi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

18-mart kuni kechqurun Bektemir tuman ichki ishlar boshqarmasi ichki ishlar bo‘limining profilaktika inspektorlari ularga qarashli mahalla hududidan oqib o‘tadigan Chirchiq kanaliga “Dongfeng” mini-yuk mashinasiga axlat yuklangan mashina kelib, uni suvga oqizib yuborish maqsadida kanal bo‘yiga to‘playotganligining guvohi bo‘lgan. Profilaktika inspektorlari tomonidan mazkur holatning oldi olinib, ushbu tumanda yashovchi 39 yoshli Artur va Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumanida yashovchi 35 yoshli Dmitriyga nisbatan protokol tuzilgan. Ularning har biriga Ma’muriy javobgarlik kodeksining 161-moddasiga asosan 202 730 so‘m jarima jazosi qo‘llanilgan.

Toshkent shahar IIBB fuqarolarni shaharni toza saqlashga, tabiatga g‘amxo‘rlik qilishga chaqirib qolgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-03-2019, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 137) ( 0) ( 135) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют