» » Yuzidan o‘q yegan hindistonlik o‘qni yutib yuborib tirik qoldi

Yuzidan o‘q yegan hindistonlik o‘qni yutib yuborib tirik qoldi


Hindistonda shifokorlar bemorning nafas yo‘llariga kirib qolgan o‘qni olib tashlashga erishdi, deb yozadi Daily Mail.

Qayd etilishicha, Xaryan shtatining Gurgaon shahridagi kasalxonaga bir necha joydan o‘q bilan yaralangan bemor olib kelingan. Shifokorlar uni tekshirib ko‘rib qorin, tirsak va jag‘ sohasida o‘q yaralarini topgan. Dastlabki ikki holatda shifokorlar o‘qni topib, uni olib tashlashga erishgan. Biroq dahanidagi yarada o‘q bo‘lmagan.

Shifokorlar bemorni rentgen qilib, o‘q uning nafas yo‘llarida tiqilib qolganini aniqlagan. U ikki bosqichda olib tashlangan. Dastlab maxsus qisqich yordamida o‘qning qobig‘i olib tashlangan, so‘ng o‘t pufagidagi toshlarni olishda foydalaniladigan asbob yordamida yadro chiqarib olingan.

Bemor tirik qolgan. Shifokorlar, shuningdek, uni nogiron bo‘lib qolishdan asrab qolgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-03-2019, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 37) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют