» » Afg‘oniston Rossiyadan 100 dan ortiq iqtisodiyot obyektlarini qayta tiklashda yordam berishni so‘radi

Afg‘oniston Rossiyadan 100 dan ortiq iqtisodiyot obyektlarini qayta tiklashda yordam berishni so‘radi


Afg‘oniston hukumati Rossiyaga milliy iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash uchun 100 dan ortiq obyektga investitsiya kiritishni taklif qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

O‘z navbatida Afg‘onistonning Moskvadagi elchixonasi savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha attashesi Muhammad Qosim Afg‘oniston tomonidan Rossiya biznesi to‘liq qo‘llab-quvvatlanishini va’da qildi.

“Afg‘onistondagi ko‘plab obyektlar Sobiq ittifoq mutaxassislari tomonidan qurilgan va Rossiya tomonidan qayta tiklanishi mumkin. Ularning soni 100 dan ortiq, aniqroq qilib aytsak — 124 ta”, — deya u bunday obyektlarning ba’zilarini tilga oldi.

Qosimning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘oniston iqtisodiyotini qayta tiklash mavzusi Rossiya bilan muzokaralarda ko‘tarilgan. Afg‘oniston elchisi bilan uchrashuvda Rossiya energetika vaziri ayni paytda investitsiya kiritishga tayyor bo‘lgan Rossiyaning 30 ga yaqin firmalarini tilga olgan.

Shuningdek, attashe ta’kidlashicha, Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘aniy Rossiyaning iqtisodiy ishtiroki kuchaytirilishini qo‘llab-quvvatlaydi, shu maqsadlarda maxsus iqtisodiy kengash tuzilgan.

Опубликовано: admin (13-03-2017, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 55) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют