» » Joze Mourinyo qachon ishga qaytishini ma’lum qildi

Joze Mourinyo qachon ishga qaytishini ma’lum qildi


“Manchester Yunayted” sobiq bosh murabbiyi Joze Mourinyo joriy yil yoz oyidan boshlab o‘z faoliyatini davom ettirishni rejalashtirmoqda.

“Uch yarim oydan beri shug‘ullanganim yo‘q, lekin men karyeramni davom ettirishga tayyorman. Agar futbolga jalb qilingan bo‘lsang, unda senda matbuot anjumanlari, uchrashuvlar, videomuhokamalar, o‘yinlar tahlili hamda kunlik muammolarga e’tibor berishga vaqt qolmaydi. Shuning uchun men ishga qaytishga qaror qildim.

Murabbiylik — bu maxsus kasb. Kunlik rejimdagi ish menga yoqadi. Iyun oyida, yangi mavsum oldidan o‘z vazifamga qaytmoqchiman.

Men allaqachon 3-4 ta taklifni rad etdim, chunki nima istayotganimni o‘zim bilaman. Klub nomini emas, uning falsafasi, ish turini nazarda tutyapman. O‘z istaglarimga erishaman, degan umiddaman”, — deydi Mourinyo beIN Sports France’ga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik mutaxassis 2018-yilning dekabr oyida “Manchester Yunayted” bosh murabbiyligidan iste’foga chiqarilgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-03-2019, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют