» » Pogbaning Mourinyo bilan aloqalari yaxshi emas, biroq “Manchester Yunayted” futbolchini sotmaydi

Pogbaning Mourinyo bilan aloqalari yaxshi emas, biroq “Manchester Yunayted” futbolchini sotmaydi


“Manchester Yunayted” fransiyalik yarim himoyachi Pol Pogbani yanvardagi transferlar vaqtida sotmaydi. Bu haqda ESPN nashri xabar berdi.

Hozirda Pogbaning jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinyo bilan aloqlari ko‘ngildagidek emas. Mourinyo hattoki Pogbani sardorlik bog‘ichidan mahrum qildi. Pol “Manchester”ning ikkinchi raqamli sardori edi.

Joze futbolchini APLning 16-turida “Fulhem”ga qarshi bahsda zaxirada qoldirdi. Avvalroq “Arsenal” bilan o‘yinda esa 75-daqiqada maydonga tushirgandi.

Pogba ham Mourinyodan norozi, biroq ular kamida yozgacha birgalikda ishlashga majbur, har holda klub rahbariyati shunga ishonmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-12-2018, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют