» » Ektor Kuper: “China Cup” musobaqasining har bir uchrashuvida g‘alaba qozonish uchun maydonga tushamiz”

Ektor Kuper: “China Cup” musobaqasining har bir uchrashuvida g‘alaba qozonish uchun maydonga tushamiz”


Bugun, 20-mart kuni Nanning shahridagi “Guanxi Sports Centre” stadionida “China Cup—2019” musobaqasi oldidan matbuot anjumani tashkil qilindi.

Matbuot anjumanida O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper va terma jamoa hujumchisi Eldor Shomurodov ishtirok etdi. Bu haqda O‘FA xabar berdi.

“Bu yerda bo‘lib turganimdan xursandman. “China Cup” musobaqasida kuchli jamoalar ishtirok etadi. Ularga qarshi o‘ynash biz uchun foydali bo‘lishi shubhasiz. Biz mazkur musobaqa orqali Jahon Сhempionati saralashiga tayyorgarlik ko‘ramiz. Bu musobaqaga tayyorlanish uchun ko‘p vaqt bo‘lmadi. Kecha keldik. Hozircha bitta mashg‘ulot o‘tkazdik. Shunga qaramay, musobaqa davomida o‘zimizning eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz.

Osiyo Kubogi bilan solishtirganda bizning tarkibimizda katta o‘zgarishlar yo‘q. Deyarli o‘sha tarkib bilan Xitoyga tashrif buyurdik. “China Cup” musobaqasida Osiyo Kubogidagi kabi o‘yin namoyish qilishga harakat qilamiz. Har bir uchrashuvda g‘alaba qozonish uchun maydonga tushamiz. Men Xitoyga birinchi bor kelishim. Avval bu mamlakatda bo‘lmaganman. Shu sababli jamoam bilan yorqin o‘yin namoyish qilishga harakat qilamiz. Ammo biz uchun eng muhimi Jahon Сhempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritish. Mazkur musobaqalarga o‘xshash musobaqalar orqali mundial saralashiga tayyorgarlik ko‘ramiz.

Fabio Kannavaro ayni paytda Xitoy terma jamoasini boshqarib borayotganini bilaman. U 15 yil oldin Milanning “Inter” tarkibida o‘ynagandi. Murabbiy sifatida ancha tajriba to‘plagani aniq. Futbolchilardan ham tartib intizomga amal qilishni talab qilishi tabiiy. Men Kannavaroga murabbiylik faoliyatida omad tilayman.

U buyuk murabbiy bo‘lib yetishishiga ishonaman. Unda buning uchun barcha jihatlar mavjud. Agar maydonda murabbiy sifatida uchrashadigan bo‘lsak, men Kannavaroni mag‘lubiyatga uchratishga harakat qilaman.

Jahon Сhempionati ishtirokchilari sonini oshirish juda yaxshi g‘oya. Bu faqat O‘zbekiston yoki Xitoy uchun emas, Osiyodagi barcha terma jamoalar uchun juda yaxshi imkoniyat. Men bu g‘oyani qo‘llab-quvvatlayman. Bu holat butun dunyoda futbol rivojiga hissa qo‘shishi aniq”, — dedi Kuper.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-03-2019, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют