» » O‘zbekistonda qaysi yo‘llar pullik bo‘ladi?

O‘zbekistonda qaysi yo‘llar pullik bo‘ladi?


Transportning butun masofa bo‘ylab katta va xavfsiz tezlikda harakatlanishi ta’minlangan holda yuqori sifatli o‘tish yo‘llari pullik bo‘ladi. Bu haqda Norma xabar berdi.

Vazirlar Mahkamasi yoki mahalliy hokimiyat organlari avtomobil yo‘lidan pullik asosda foydalanish to‘g‘risida qonun loyihasini ishlab chiqqan. Biroq muqobil variant: mo‘ljallanayotgan pullik yo‘l bilan tutashadigan aholi punktlari o‘rtasida umumiy foydalanishdagi mavjud yo‘l tarmog‘i bo‘ylab bepul o‘tish yo‘li bo‘lishi shart. Bunday muqobil yo‘llar pullik yo‘llardan ko‘pi bilan uch baravar uzun bo‘lmasligi kerak. Quyidagilar bundan mustasno:

Tegishli qarorda yoki DXSh to‘g‘risidagi bitimda ko‘rsatilgan muddat tugagach, pullik yo‘ldan foydalanish to‘xtatiladi.

Loyihada quyidagi hollarda pullik yo‘ldan muayyan muddat foydalanish to‘xtatib turilishi mumkinligi nazarda tutilgan:

Kim quradi?

Pullik yo‘llar respublika budjeti va mahalliy hokimiyat organlari budjetlarining mablag‘lari, pullik avtomobil yo‘llari sohasida maxsus vakolatli davlat organi tomonidan jalb etilgan mablag‘lar, jismoniy va yuridik shaxslarning shaxsiy va (yoki) qarz mablag‘lari hisobidan yoki DXSh to‘g‘risidagi bitimlar asosida barpo etilishi mumkin.

Qonun loyihasida nazarda tutilishicha, pullik yo‘llarni loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va ulardan foydalanish (ekspluatatsiya qilish) DXSh to‘g‘risidagi bitimlar asosida amalga oshirilishi mumkin. Quyidagilarga davlat sherigi sifatida chiqish huquqini berish taklif etilmoqda:

Pullik avtoyo‘llar faqat davlat mulkida bo‘lishi mumkin. Boshqa holatlar DXSh to‘g‘risidagi bitim va qabul qilinadigan “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunda nazarda tutilishi mumkin. Pullik yo‘llar DXSh loyihasini amalga oshirish uchun berilishi mumkin.

Yo‘l haqi qancha bo‘ladi?

Pullik avtomobil yo‘lidan foydalanish foydalanuvchi va operator o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Operator foydalanuvchiga o‘tish huquqini berishi va yo‘l harakatini tashkil etishi, foydalanuvchi esa taqdim etilgan xizmat haqini to‘lashi shart.

Foydalanuvchi quyidagi usullardan biri yordamida operator bilan shartnoma tuzadi:

Pullik yo‘ldan o‘tish uchun to‘lov miqdorini operator Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan hisob-kitob qilish uslubiyatiga ko‘ra belgilaydi. To‘lov miqdori sutkadagi vaqt, hafta kuni yoki yil oyiga qarab turli toifadagi transport vositalari uchun tabaqalashtirilishi mumkin. Yo‘l haqini maxsus punktlarda undirish taklif etilmoqda, yo‘l haqini oldindan to‘lash hollari bundan mustasno.

Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-03-2019, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют