» » O‘zbekistondagi maktablarda pullik xizmatlar yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekistondagi maktablarda pullik xizmatlar yo‘lga qo‘yiladi


Davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablarida bepul va pullik asosda tashkil etiladigan xizmatlar ro‘yxatlarini tasdiqlash to‘g‘risida hukumat qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Qaror loyihasida davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablarida (davlat ta’minoti asosida) bepul va pullik tashkil etiladigan xizmatlar ro‘yxati tasdiqlash nazarda tutilgan.

Bepul amalga oshiriladigan xizmatlarga

Pullik asosda tashkil etiladigan xizmatlarga esa darsliklarni belgilangan to‘lov evaziga ijaraga olish (birinchi sinf o‘quvchilari va kam ta’minlangan oila farzandlari bundan mustasno), umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘quv dasturlarida nazarda tutilmagan (davlat ta’lim standartlaridan tashqari) bilimlar bo‘yicha kelishilgan narxlarda qo‘shimcha ta’lim olish kiritilgan.

Shuningdek, ro‘yxatda umumiy o‘rta ta’lim maktabining uzaytirilgan kun guruhlarida belgilangan to‘lov asosida ta’lim-tarbiya olish; umumiy o‘rta ta’lim maktabining asosiy faoliyati hisoblanmaydigan ta’lim-tarbiya xizmatlaridan foydalanish (jumladan, hunar o‘rgatuvchi va sport to‘garaklar, qiziqishlar bo‘yicha to‘garaklar, yakshanbalik maktablar va boshqa) ham bor.

Qaror loyihasi joriy yil 20-oktabrgacha muhokama qilinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-10-2018, 18:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 104) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют