» » Pokistonda 8 yoshli bolani qor qoploni g‘ajib tashladi

Pokistonda 8 yoshli bolani qor qoploni g‘ajib tashladi


Pokistonda qor qoploni sakkiz yoshli bolani g‘ajib tashladi. Bu haqda Menafn axborot portali xabar bermoqda.

18-mart kuni Xayber-Paxtunxva viloyatining Chanati qishlog‘ida yashovchi Sufiyan ismli bola uyining hovlisida o‘ynayotgan paytida to‘satdan, qor qoploni bolaga hujum qildi va uni sudrab ketdi. Bolaning jasadi kechqurun qishloqning chekkasida joylashgan jarlikdan topilgan.

Bolaning o‘limidan so‘ng, qishloq aholisi hokimiyatdan odamlarning xavfsizligini ta’minlash uchun qor qoploni va boshqa yirtqichlarning harakatini diqqat bilan kuzatib borishni so‘radi. Ularning ko‘pchiligi Qizil kitobga kiritilgan.

Mahalliy fuqaro Sardor Muhammad Iqbol qishning og‘ir qorlari tufayli ilvirslar qishloq yaqiniga ko‘chgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda. U yirtqich hayvonlar mol-mulklarni vayron qilib, odamlar va chorva uchun tahdid solayotganidan shikoyat qilib, hukumatdan kuzatuv kameralarini o‘rnatishni talab qildi.

Qor qoploni yoki ilvirs, Markaziy Osiyo tog‘larida tarqalgan. Ular kamdan-kam odamlarga hujum qiladi. Bu tur yo‘qolib ketish arafasida — brakonyerlar qor qoplonlarini mo‘ynasi uchun ovlashda davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-03-2019, 07:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют