» » AQShda 11 yoshli bola ikki kishini otib o‘ldirdi

AQShda 11 yoshli bola ikki kishini otib o‘ldirdi


15-mart kuni AQShning Nyu-Xempshir shtatida ayol va erkakni o‘z uyida otib o‘ldirganlikda gumonlanib 11 yoshli bola hibsga olindi, deb yozadi Forum Daily.

Xabarda aytilishicha, soat 7:30 da Nyu-Xempshir shtati politsiyasiga Alton shahridagi uylardan birida otishma sodir bo‘lganligi haqida xabar kelib tushgan.

50 yoshli Lizett Ekkert voqea joyida, 48 yoshli Jeyms Ekkert esa kasalxonaga olib ketilayotganda vafot etgan. Tekshiruv natijalarida aniqlanishicha, har ikkisi boshiga otilgan o‘qdan halok bo‘lgan.

Voqeada gumonlanib 11 yoshli bola hibsga olingan. Biroq uning jinoyatga qanday aloqadorligi oshkor etilmagan.

Ekkertlarni tanigan qo‘shnilar ularning juda yaxshi inson bo‘lgani, mahalliy cherkovga doim qatnaganini aytgan

Vafot etgan juftlikning uch nafar bolasi qolgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-03-2019, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют