» » Farg‘ona viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

Farg‘ona viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi


Toshpo‘latov Farhodjon Murodovich Farg‘ona viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Vazirlar Mahkamasi Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamenti mudirining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan F.Toshpo‘latov 2013-yildan Vazirlar Mahkamasida turli lavozimlarda ishlagan.

Shuningdek, Umarov Xalimjon Komilovich Farg‘ona viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. X.Umarov 2006—2018-yillarda Toshloq tumani hokimi, 2018-yildan shu kungacha Quva tumani hokimi vazifasida ishlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-03-2019, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 26) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют