» » Urologik kasalliklar: qachon va qanday davolash kerak?

Urologik kasalliklar: qachon va qanday davolash kerak?


Acibadem klinkasining yuqori malakali urolog-shifokori, tibbiyot fanlari professori Selchuk Yujel Daryo muxbiriga urologik kasalliklarni davolashdagi zamonaviy yondashuvlar haqida sozlab berdi.

Professor, urologga kopincha qaysi kasalliklar bilan murojaat qilishadi?

Prostata adenomasi har oltinchi erkakda uchraydigan, eng keng tarqalgan kasallik. Xavf guruhida 50 yoshdan oshgan kishilar. Prostata adenomasi rivojlanishining sababi yosh otgan sayin erkaklar organizmida kuzatiluvchi gormonal buzilishlar. Undan keyingi orinlarda buyraklar saratoni, ot qopi saratoni, peshobni tutib tura olmaslik, erektil disfunksiya (jinsiy quvvatsizlik) kasalliklarini qayd etish mumkin. Bolalarni esa kopincha buyraklar kasalligi va peshob yolidagi infeksiyalar bezovta qiladi.

Urologiyadagi muammolarni chetlab otish uchun nimalarni tavsiya qilasiz?

Reproduktiv salomatlik borasida, xuddi boshqa sohalar kabi, bolalikdan qaygurish kerak. Kasallikni ilk rivojlanish bosqichida aniqlash yoki uni davolash uchun bolalarning, ayniqsa ogil bolalarning ota-onalari juda etiborlari bolishlari lozim. Agar bola hojatga chiqishga qiynalsa yoki aksincha, tez-tez u yerga chiqsa, bu shifokorga murojaat qilish uchun yetarli asos bola oladi. Agar siz peshob chiqarish yoli oz joyida emasligini sezgan bolsangiz, mutaxassisga murojaat qilishingiz zarur. Bolani chomiltirayotgan paytingizda uning moyaklari toliq tushgan yo tushmaganligiga etibor bering. Agar moyaklardan biri toliq tushmagan bolsa, bu kelgusida bepushtlikka olib kelishi mumkin. Agar moyaklar organizm ichida qolib ketsa, bu saraton rivojlanishiga olib keladi. Agar bolaning buyraklari yoki ot qopida tosh bolsa, u qorin ogrigidan shikoyat qiladi. Bolalarda tosh hosil bolgandagi ogriq kattalarnikidan farq qiladi. Bolaning issigi chiqib, titroq bosishi mumkin. Shunday belgilar sezilgan taqdirda, shifokorga murojaat qiling. Bundan tashqari, kasallik irsiy bolsa, uning rivojlanish ehtimoli yuqoriroq boladi.

Inson necha yoshda bolishidan qati nazar, har yili bir marta UTTdan otish kerak, bu osimtani erta bosqichda aniqlash imkonini beradi.

Tuz istemolini kamaytirish, gazli ichimliklar, limonadlarni ichmaslik hamda apelsin rangidagi mevalarni yemaslikni tavsiya qilaman. Bu siydik yoli tizimiga salbiy tasir korsatadi.

Prostata adenomasini qanday bartaraf qilish mumkin?

Prostata adenomasining profilaktika usullari yoq. Biroq siz prostata saratonining oldini olishingiz mumkin. Buning uchun 50 yoshdan oshgan erkaklarga kamida yilda bir marta urolog-shifokorga korinish va qon tahlili otkazish tavsiya qilinadi. Prostata saratoni dunyoda kasallanganlar soni boyicha opka saratonidan keyin ikkinchi orinda turadi.

Malumki, Acibadem kasalliklarni davolashda eng yangi texnologiyalarni qollaydi. Urologiyada qollaniladigan texnologiyalar haqida sozlab bera olasizmi?

Siz haqsiz. Bizning klinikalarimizda eng zamonaviy tekshiruv vositalari (ham texnologiya, ham labaratoriya) qollanadi, ular muammoni aniq belgilashda va shunga asoslanib samarali davolash muolajalarini qollashda yordam beradi. Ilgor tashxis vositalari shifokorlarga kasalliklarni erta bosqichlardayoq aniqlash imkonini beradi.

Davolash texnologiyalari ham katta ahamiyatga ega. Axir urologiya, ayniqsa bolalar urologiyasi shifokorlardan yuqori aniqlikni talab qiluvchi juda nozik soha.

Acibadem klinikasi oz bemorlariga eng yangi tibbiy texnologiyalar yordamida minimal invaziv urologik operatsiyalarni taklif etadi. Bunday operatsiyalar koproq samara beradi va ananaviy usullardan farqli olaroq kamroq jarohat yetkazadi.

Bunday operatsiyalarda jarrohlik aralashuvi bir santimetr atrofidagi bir necha kichik kesimlar orqali amalga oshiriladi. Shu bois bolalar ogriqni deyarli his qilishmaydi, ularda oddiy operatsiyalardagi kabi katta chandiq izlari qolmaydi, qayta tiklanish muddati esa sezilarli darajada qisqaradi, natijada bolalar tez orada oz uylariga qaytishlari mumkin boladi.

Xususan, songgi avlod texnologiyasi Da Vinchi roboti bemorlarda urologik operatsiyalarni otkazishda katta muvaffaqiyatlarga erishish imkonini bermoqda. Bu eng murakkab operatsiyalarini jarroh boshqaruvi ostida maksimal darajada aniqlik bilan amalga oshiruvchi noyob texnologik uskuna. Bu robot inson qolidan ancha aniqroq va tezroqdir. U shifokorlar uddasidan chiqa olmaydigan, yetish eng qiyin bolgan joylarga ham yeta oladi. Shu bilan birga qurilma operatsiya qilinayotgan sohaning hatto on karra kattalashtirilgan tasvirini aks ettiradi. Uning ishtirokidagi operatsiyalar minimal invaziv usulda bajariladi.

Bizga malumki, siz Toshkentda shifokorlar uchun seminar otkazib, bemorlarni bepul qabul qildingiz. Oz kuzatuvlaringiz bilan bolisha olasizmi?

Xuddi shunday. Acibadem klinikasi ozbekistonlik hamkasblar uchun xorijlik shifokorlar ishtirokida muntazam ravishda seminarlar va konsultatsiyalar otkazadi, shuningdek tashxis qoyish va kasalliklarni davolashdagi yangi usullar borasida tajriba almashadi. Ozbekistonlik hamkasblarimizning yuqori professional darajasini alohida takidlab otmoqchiman, biroq ularning aniq tashxis qoyishlari uchun bazan zarur texnologiyalar yetishmaydi. Acibadem klinikasi qimmatbaho tashxis va davolash uskunalari xaridiga katta sarmoyalarni yonaltirib, texnologik baza rivojiga katta etibor qaratadi.

Professor Selchuk Yujel Acibadem klinkasining urologiya sohasi boyicha yetakchi mutaxassisi, kattalar va bolalarda urogenital kasalliklar va patalogiyalarni davolash bilan shugullanadi.

Doktor bazaviy talimni Turkiyada olgan, songra uzoq yillar mobaynida AQSh universitetlarida, jumladan Garvardda, urologiya sohasidagi amerikalik yetakchi mutaxassislar boshchiligi ostida malaka oshirish bilan shugullangan. Bugungi kunda u Istanbuldagi Acibadem-Atakent klinikasida kattalar va bolalardagi urologik kasalliklar va patalogiyalarni davolash bilan shugullanadi. Professor koplab ilmiy ishlar muallifi bolib, Yevropa va Amerikadagi koplab professional urologik tashkilotlarning azolari hisoblanadi.

Reklama huquqi asosida

: admin (13-03-2017, 09:59)
0 (: 2)
. !

!


vote-icon
?

?
( 4) ( 0) ( 4) ( 0)
:
-
:
:
-
20 ... -