» » Germaniyada Navro‘z bayram tadbirlari tashkil etildi

Germaniyada Navro‘z bayram tadbirlari tashkil etildi


O‘zbekistonning Frankfurt-Mayn shahridagi bosh konsulxonasi hamda Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi tomonidan shaharda Navro‘z munosabati bilan bayram tadbirlari tashkil etildi. Ularda 400 nafardan ortiq siyosat, iqtisodiyot, madaniyat doiralari, jamoatchilik va OAV vakillari qatnashdi.

Tadbirning rasmiy ochilishida so‘zga chiqqan Frankfurt-Mayn shahri hokimining o‘rinbosari Silviya Veber ishtirokchilarni Navro‘z bilan tabriklab, O‘zbekistonning boy madaniyati, tarixi, urf-odatlari, an’analari va turizm salohiyatini yuqori baholadi. Bu kabi tadbirlar nemis va o‘zbek xalqlari o‘rtasida o‘zaro bag‘rikenglik va do‘stlik aloqalarini hamda turizm sohasida hamkorlikni mustahkamlashda muhim o‘rin tutishini ta’kidladi.

Tadbir davomida Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi ko‘magida ijodiy safari tashkil etilgan “Tasanno” musiqiy guruhi chiqishlari xorijlik mehmonlarda O‘zbekiston san’ati va madaniyati haqida iliq taassurot qoldirdi. Shuningdek, tadbirda xalq hunarmandchiligi namunalari namoyish etildi hamda ishtirokchilarga O‘zbekistonning turizm salohiyatiga oid nemis tilida turli targ‘ibot materiallari tarqatildi.

Bundan tashqari, Navro‘z taomlari bo‘lgan sumalak, halim, ko‘ksomsa, palov va boshqa taomlar tayyorlanib, tadbir ishtirokchilarga ulashildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-03-2019, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 45) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют