» » Texasda labrador zotli it o‘z hayoti evaziga uch kishining jonini saqlab qoldi

Texasda labrador zotli it o‘z hayoti evaziga uch kishining jonini saqlab qoldi


AQShning Texas shtatida Zero laqabli labrador zotli it o‘z hayoti evaziga uch kishining umrini saqlab qoldi, deb xabar berdi Forum Daily.

It Lora Martines ismli ayolning uyida o‘tkazilayotgan tug‘ilgan kunda o‘q uzuvchi shaxsga tashlandi. Martines va uning ikki farzandi oyog‘idan jarohatlandi. Labrador ham jarohatlandi va keyinroq halok bo‘ldi.

“Men aminmanki, agar Zero uyimizga bostirib kirgan kishiga tashlanmaganida u bizni otib o‘ldirardi”, — deydi Martines.

Hujum qilgan kishining ismi Xavian Kanstaneda. U 16 yoshda. U oilaning do‘sti edi. Yigit shuningdek avvalroq sodir etilgan Martines uyidagi o‘g‘rilikda aloqadorlikda ham gumonlanmoqda.

O‘g‘rilikdan so‘ng Martines oilasi Kanstanedaning ota-onasi bilan gaplashdi va o‘zlarining gumonini aytdi.

Bir necha kundan so‘ng Kanstaneda tug‘ilgan kun munosabati bilan tashkil etilgan bayramga keldi va o‘q uzishga aylangan darajadagi janjal yuzaga keldi.

“Itim Xavianga tashlandi. U Zero’ga o‘q uzdi. Zero yiqildi. Xavian yana uch marta otdi. Bu safar o‘q Valeriga tegdi. Zero yana Xavianga tashlandi, u esa Zero’ga qarata yana ikki marta o‘q uzdi. Zero yiqilgunicha Xavian yana 5 marta o‘q uzishga ulgurdi. O‘qlardan biri mening oyog‘imga tegdi”, — deydi Martines.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-03-2019, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 103) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют