» » OAV: Janubiy Koreyada AQShning THAAD tizimi joylashtirilishi yadro urushi xavfini oshiradi

OAV: Janubiy Koreyada AQShning THAAD tizimi joylashtirilishi yadro urushi xavfini oshiradi


Janubiy Koreyada AQShning THAAD raketaga qarshi mudofaa tizimi joylashtirilishi mamlakatni yadro urushi istehkomiga aylantiradi. Bu haqda KXDRning “Minchju Choson” hukumat gazetasida e’lon qilingan sharhda ma’lum qilindi, deya xabar beradi “TASS”. 

Nashrga ko‘ra, Janubiy Koreya jamoatchiligi noroziligiga qaramay, THAAD tizimining ilk 2 ishga tushirish qurilmasi Seuldan 70 kilometr uzoqlikdagi Pxyontxek shahrida joylashgan harbiy bazaga yetkazildi. 

“Bu tizimning joylashtirilishi Janubiy Koreya iqtisodiyoti va atrof-muhitiga zarar yetkazadi. Koreya yarim oroli va uning atrofida vaziyat keskinlashadi, yadro urushi xavfi ortadi. Tizim ishga tushganidan so‘ng AQSh istalgan payt Rossiya va Xitoy hududiga birinchi bo‘lib zarba berish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shu sababli ushbu davlatlar bunga butkul qarshi”, — deyiladi “Minchju Choson” gazetasi sharhida. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (13-03-2017, 18:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют