» » #bookchallenge: Bosh vazir Abdulla Aripov o‘zi tahsil olgan maktabga kitob sovg‘a qildi

#bookchallenge: Bosh vazir Abdulla Aripov o‘zi tahsil olgan maktabga kitob sovg‘a qildi


O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Abdulla Aripov “book challenge” doirasida Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi o‘zi tahsil olgan 9-maktabda bo‘lib, maktab kutubxonasiga o‘z shaxsiy kutubxonasidan kitoblar to‘plamini sovg‘a qildi. Bu haqda “Daryo”ga Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmati xabar berdi.

O‘tgan haftada Prezident Shavkat Mirziyoyev xayrli tashabbusni ilgari surib, Bosh vazirdan boshlab har bir rahbarni o‘zi ta’lim olgan maktab kutubxonasiga kitoblar sovg‘a qilishga da’vat etgan edi.

Ushbu tashabbus o‘sib kelayotgan yosh avlodning kitobga bo‘lgan qiziqishini, mehrini va intilishini oshirish, kitobxonlikni ommaviylashtirish, ulug‘ bobolarga munosib avlodni voyaga yetkazishda muhim hayotiy ahamiyatga egadir.

Avvalroq, Bosh vaziri Abdulla Aripov Surxondaryo viloyatiga safari davomida viloyatning Jarqo‘rg‘on tumani Kakaydi qo‘rg‘onidagi 5-maktabda bo‘lib, maktab kutubxonasiga o‘z shaxsiy kutubxonasidan kitoblar sovg‘a qilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-03-2019, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют