» » #bookchallenge: Komil Allamjonov Sirdaryodagi 2 ta maktab va xususiy kutubxonaga 3 mingdan ortiq kitobni topshirdi (foto)

#bookchallenge: Komil Allamjonov Sirdaryodagi 2 ta maktab va xususiy kutubxonaga 3 mingdan ortiq kitobni topshirdi (foto)


O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi asosida tashkil etilayotgan Book challenge loyihasi doirasida bugun, 27-mart kuni Sirdaryo viloyati Guliston shahri markazida tantanali tadbir o‘tkazilib, maktablarga viloyat hokimi boshchiligidagi barcha rahbar xodimlar tomonidan 2 mingdan ortiq kitob sovg‘a qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Komil Allamjonov va viloyat hokimi G‘afurjon Mirzayev Sayxunobod tumanining O‘zbekiston mahallasida yashovchi tadbirkor ayol Gavharoy Husanova tomonidan tashkil etilgan xususiy kutubxonaning ochilish marosimida ishtirok etgan hamda kutubxonaga Prezident sovg‘asi – 1000 dan ziyod kitobni topshirgan.

Shuningdek, bugun tumanda barpo etilgan “Jajji bilag‘on” nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining ochilish marosimi ham bo‘lib o‘tgan. Ushbu muassasada ingliz va rus tillari chuqur o‘rgatiladi, ta’lim oluvchilar uchun barcha zamonaviy sharoitlar yaratilgan. Komil Allamjonov bu kabi maskanlarni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishda Agentlik o‘z loyihalari va bolalar kitoblari bilan ishtirok etishga tayyor ekanini ta’kidlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-03-2019, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 92) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют