» » Navoiyda bog‘cha mudirasi ishga joylashtirish uchun 1 mln so‘m tama qildi

Navoiyda bog‘cha mudirasi ishga joylashtirish uchun 1 mln so‘m tama qildi


Navoiy shahridagi 3-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi ishga kirish istagidagi qizni bog‘chaga joylashtirish uchun navbatni tezlashtirish evaziga uning otasidan 1 million so‘m tama qildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Mudira 2018-yil 12-oktabr kuni soat 13.00 atrofida xizmat xonasida 100.000 so‘mni olib, 19.00 larda o‘zi istiqomat qiladigan uy oldida qolgan 900.000 so‘mni olgan vaqtida Departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi va viloyat IIB xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Sud amaldagi qonun talabidan kelib chiqib, uning yoshi, muqaddam sudlanmaganligini, shuningdek, shahar xotin-qizlar qo‘mitasi raisining kafillik xatini e’tiborga olib, jazo tayinladi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy shahar sudining 2019-yil 5-martdagi hukmiga ko‘ra, mudira 1 yil 6 oyga mansabdorlik va moddiy javobgarlik ishlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, 2 yil 6 oy axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-03-2019, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 105) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют