» » O‘zbekiston 2019-yilda xorijga 1,55 mlrd dollarlik meva-sabzavot eksport qiladi

O‘zbekiston 2019-yilda xorijga 1,55 mlrd dollarlik meva-sabzavot eksport qiladi


Bugun, 28-mart kuni O‘zbekiston axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Meva-sabzavot mahsulotlari eksportini amalga oshirish masalalari” mavzusidagi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Sevara Nishonova xabar berdi.

Anjumanda “O‘zoziqovqatsanoatxolding”, “O‘zagroekspert” kompaniyalari rahbarlari, Investitsiyalar va tashqi savdo hamda Qishloq xo‘jaligi vazirliklari, Davlat bojxona qo‘mitasi, O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi mas’ullari ishtirok etib, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va meva-sabzavotlar eksporti masalalarida amalga oshirilayotgan ishlar haqida axborot berdi.

“O‘zagroeksport” AJ xorijiy hamkorlar bilan bevosita eksport shartnomalari asosida yangi va qayta ishlangan meva va sabzavot eksportini amalga oshiradi. Shuningdek, fermer va dehqon xo‘jaliklari, agrofirmalar va qayta ishlash korxonalari bilan tuzilgan komissiya shartnomalari asosida ishlaydi. “O‘zagroeksport” AJning asosiy faoliyati mamlakatda yetishtirilgan yangi va qayta ishlangan meva-sabzavotlarning eksport hajmi, turi va geografiyasini ko‘paytirgan holda jahon bozorlarida raqobatga kirishishdir. Bugungi kunda kompaniya xorijiy mamlakatlarda 20 ta savdo uylarini tashkil etdi.

2016—2017-yillar mobaynida eksport hajmi 525,95 million dollarga teng bo‘lgan bo‘lsa, 2018-yilda eksport 103,0 million AQSh dollarini tashkil etdi.

“O‘zagroeksport” tomonidan eksport geografiyasini kengaytirish borasida yangi bozorlar muntazam o‘rganilmoqda. UzAgro brendi yaratilishi eksport hajmining yanada oshishiga turtki bo‘ldi. Ayni paytda ushbu brend ostida O‘zbekistonda yetishtirilgan yangi va qayta ishlangan meva-sabzavotlar Xitoy, Koreya, Yevropa, Arab mamlakatlari va Magnit, X5, Mariya-Ra singari yirik savdo tarmoqlariga eksport qilinmoqda.

Kompaniya moliyaviy barqarorlikni ta’minlash maqsadida vositachilarsiz, asosan to‘g‘ridan-to‘g‘ri eksport shartnomalari asosida faoliyat yuritadi. Mazkur yilda ham “O‘zagroeksport” UzAgro brendi ostida Rossiya, MDH davlatlari Xitoy, Koreya, Hindiston, Tailand, Yevropa va Arab davlatlariga yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlari eksportini amalga oshirishni rejalashtirilgan.

Joriy yilda 2,2 million tonnalik, qiymati 1,55 milliard AQSh dollarini tashkil etuvchi meva-sabzavot eksporti amalga oshirish rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-03-2019, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют