» » Chinozlik fermer ayol ajriqdan qahva olishni ixtiro qildi, lekin kashfiyotni amaliyotga joriy etishda qiynalmoqda

Chinozlik fermer ayol ajriqdan qahva olishni ixtiro qildi, lekin kashfiyotni amaliyotga joriy etishda qiynalmoqda


Toshkent viloyatining Chinoz tumanidagi “Ekodunyo” fermer xo‘jaligi rahbari Dilnoza Yo‘ldosheva ajriq ildizidan qahva olishni o‘zlashtirgan. Lekin uni amaliyotga joriy qilishda bir qancha qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Mutaxassislarning fikricha, oddiy ajriq ildizi inson organizmi uchun juda foydali. Chunki ajriqda yashovchanlik xususiyati nihoyatda kuchli. Odatda ajriq bugun yulib tashlansa, hech qancha o‘tmay shu joydan yana baribir unib chiqaveradi.

Ajriq tomiridan olinadigan qahva esa shifobaxsh xususiyati bilan ajralib turadi. Uni har qanday yoshda iste’mol qilish mumkin. Tarkibidagi tabiiy moddalar odamga quvvat baxsh etadi. Shu jihatdan u immunitetni kuchaytirib, ayrim xavfli kasalliklar, jumladan, saratonning oldini olishda qo‘l kelishi mumkin.

Ajriqning shu kabi foydali xususiyatlari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi olimlari tomonidan tasdiqlangan. Qolaversa, ajriqdan olingan qahva tarkibidagi foydali xususiyatlar Sog‘liqni saqlash vazirligi mutaxassislari tomonidan ham ma’qullangan.

“Ajriq ildizidan qahva olishni o‘zlashtirishga muvaffaq bo‘lgach, bu ixtiro bo‘yicha Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligidan mualliflik huquqiga oid patent olganmiz, – deydi D.Yo‘ldosheva. – Loyihani amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan barcha talablarni amalga oshirib, uni tayyor holda Innovatsion rivojlanish vazirligiga taqdim qilganmiz. Loyiha vazirlik mutaxassislariga ham ma’qul keldi. Hatto bu loyihani poytaxtda ham sinab ko‘rish taklifi berildi. Ammo bizning asosiy maqsadimiz chekka hududlarda ish o‘rinlari yaratish. Agar biz zarur miqdordagi mablag‘ga ega bo‘lsak, nafaqat yangilik yaratgan, ish o‘rinlari tashkil etgan, balki dehqon va fermerlarimizga ham katta foyda keltirgan bo‘lar edik. Chunki ajriq ko‘proq begona o‘t sifatida o‘sadi. Uni yig‘ishtirib olsak, dalalar begona o‘tlardan tozalanadi”.

“Mahsulotimizni keyinchalik eksport qilishni reja qilganmiz. Biroq, loyihani amalga oshirish uchun zarur mablag‘ni ancha vaqtdan beri qo‘lga kirita olmayapmiz. To‘g‘ri, Innnovatsion rivojlanish vazirligi loyihani qo‘llash niyatida. Biroq, qog‘ozbozlik, arzimagan bahona va byurokratik to‘siqlar tufayli ishimiz orqaga surilib kelmoqda”, — deydi ixtirochi.

Eslatib o‘tamiz, fermer ayolning bu kashfiyoti haqida ommaviy axborot vositalarida avval ham chiqishlar qilingan. Lekin kashfiyotchining muammosi hamon e’tibordan chetda qolib ketmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-03-2019, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют