» » Venesuela hukumati Xuan Guaydoga 15 yil davomida davlat lavozimlarini egallashni taqiqladi

Venesuela hukumati Xuan Guaydoga 15 yil davomida davlat lavozimlarini egallashni taqiqladi


Venesuela hukumati o‘zini vaqtinchalik mamlakat prezidenti deb e’lon qilgan Xuan Guaydoga 15 yil davomida davlat lavozimlarini egallashni taqiqlab qo‘ydi. Bu haqda “Exo Moskvi” xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, bunday qarorga Guaydoning moliyaviy hisobotlarda noqonuniylikka yo‘l qo‘ygani sabab bo‘lgan.

Xususan, muxolifat yetakchisi Venesuela va xalqaro tashkilotlarda asossiz mablag‘lar olgan.

Venesuela hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, Guaydo 2015-yildan buyon 90 ming dollardan ortiq mabag‘ sarflab 90 dan ortiq xorij safarlariga chiqqan.

Guaydoga, shuningdek, jarima solinadi, biroq uning miqdori ma’lum qilinmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-03-2019, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 112) ( 0) ( 109) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют