» » O‘zbekistonda 1-martdan jinoyatlarni fosh etish yagona bazasi ishga tushirildi

O‘zbekistonda 1-martdan jinoyatlarni fosh etish yagona bazasi ishga tushirildi


O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda jinoyatlarni fosh etish bo‘yicha kompleks choralarni ishlab chiqdi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.

Xususan, ushbu sohada amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida Bosh prokuratura va Ichki ishlar vazirliklari xodimlaridan doimiy ishchi guruhlar tuzilgan.

Viloyatlarda tajribali ishchilar (ekspertlar, kriminalistlar, tergovchilar) dan jinoyatlarni tezda ochib berish bo‘yicha ishchi guruhlar tashkil etilgan.

Xabarda aytilishicha, joriy yilning 1-martidan boshlab elektron jinoiy-huquqiy statistikaga oid yagona axborot tizimi joriy etilgani va onlayn nazorat o‘tkazishga imkon beradigan, fosh etilmagan jinoyatlarning yagona elektron bazasi yaratilganligini ta’kidlangan.

Bundan tashqari, huquqbuzarliklar profilaktikasi bilan shug‘ullanuvchi organlarning hamkorligini ta’minlovchi dasturiy ilova yaratilgan hamda Navoiy viloyatida sinov tariqasida ishga tushirilgan. Shuningdek, qidirilayotgan shaxslarning qarindoshlariga agar jinoyatchi ixtiyoriy taslim bo‘lsa, ehtiyot chorasi o‘zgartirilishi haqida tushuntirishlar berilmoqda.

Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida, joriy yilning ikki oyida 4246 ta jinoyat sodir etilgan, bu ko‘rsatkich 2018-yilning shu davriga (5811) nisbatan 27 foizga kamaygan.

O‘zbekistonda 100 ming aholiga o‘rtacha 13,3 ta jinoyat to‘g‘ri kelmoqda (bu ko‘rsatkich Tojikistonda – 40, Ozarbayjon – 44, Moldova – 150, Rossiya – 225, Qozog‘iston – 240 ni tashkil etadi), jinoyatchilik darajasi o‘tgan yilga (18,1) nisbatan 26,5 foizga kamaygan. Yil boshida jinoyat sodir etganligi uchun qidirilayotgan shaxslarning 277 nafari ushlangan, 346 ta jinoyat ishi sudlarga yuborilgan.

Bosh prokuratura, shuningdek, sodir etilgan barcha qotillik, bosqinchilik, og‘ir tan jarohat yetkazish, nomusga tegish jinoyatlari to‘laqonli fosh etilganini aytib o‘tgan. Bundan tashqari, jinoyat sodir etgan 93 nafar shaxsning xorijiy davlatlardan ekstraditsiyasi ta’minlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-03-2019, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 45) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют