» » O‘zbekiston 2018-yilda 5,1 mlrd dollarlik pul o‘tkazmalarini amalga oshirdi

O‘zbekiston 2018-yilda 5,1 mlrd dollarlik pul o‘tkazmalarini amalga oshirdi


2018-yilda O‘zbekistonning transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi 5,11 milliard dollardan oshib ketdi (2017-yilda 4,89 milliard dollar). Bu haqda UzDaily xabar berdi.

Markaziy bank ma‘lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistondan xorijiy mamlakatlarga 899,9 million dollar o‘tkazilgan (2017-yilda 724,5 million dollar).

O‘tgan yili O‘zbekiston MDH davlatlaridan 4,35 milliard dollar (2017-yilda 4,29 milliard dollar), shu jumladan, Rossiyadan 3,96 milliard dollar (2017-yilda 3,9 milliard dollar) va Qozog‘istondan 320 million dollarlik pul o‘tkazmalarini olgan (2017-yilda 317,9 million dollar).

Shu bilan birga, 2018-yilda O‘zbekistondan MDH mamlakatlariga o‘tkazilgan pul o‘tkazmalari hajmi 556,8 million dollarga yetgan (2017-yilda 470,9 million dollar). Boshqa mamlakatlarga esa 343 million dollar (2017-yilda 253,6 million dollar) yuborilgan. O‘tgan yili jismoniy shaxslar Rossiyaga 402,2 million dollar yuborgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-03-2019, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют