» » Superliga. “Paxtakor” “Lokomotiv”dan keyin “Bunyodkor”ni ham mag‘lub etdi (video)

Superliga. “Paxtakor” “Lokomotiv”dan keyin “Bunyodkor”ni ham mag‘lub etdi (video)


31-mart, yakshanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 2-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor”—“Paxtakor” bellashuvi yakuniga yetdi.

Uchrashuvda hisobni “qaldirg‘ochlar”ning sobiq o‘yinchisi Dostonbek Hamdamov 17-daqiqada ochdi. 35-daqiqaga kelib Vadim Abramov shogirdlari hisobni tenglashtirdi. Gol Mirjahon Mirahmadov hisobiga yozildi. O‘yindagi so‘nggi gol 53-daqiqada Jaloliddin Masharipovning uzatmasidan so‘ng Dragan Cheran tomonidan kiritildi.

Shu tariqa “Paxtakor” ketma-ket ikkita derbi uchrashuvida g‘alaba qozondi. “Sherlar” 1-turda “Lokomotiv”ni ham mag‘lub etgandi.

Superliga

2-tur bahsi

31-mart, yakshanba

Gollar: 0:1 — 17 Dostonbek Hamdamov, 1:1 — 35 Mirjahon Mirahmadov, 1:2 — 53 Dragan Cheran.

“Bunyodkor”: Murodjon Zuhurov, Islom Qobilov, Anvar G‘ofurov, Dilshod Ahmadaliyev, Jasur Jaloliddinov (Sardor Azimov, 78), Xurshid G‘iyosov, Javohir Qahramonov (Sanjar Rixsiboyev, 61), Mirjahon Mirahmadov, Nurillo To‘xtasinov, Sanjar Qodirqulov, Abdulla Abdullayev (Suhrob Izzatov, 43).

“Paxtakor”: Sanjar Quvvatov, Xojiakbar Alijonov, Yegor Krimets (s), Vladimir Kozak, Farruh Sayfiyev, Sadriddin Abdullayev (Sardor Sobirxo‘jayev, 46), Odiljon Hamrobekov, Jaloliddin Masharipov, Dragan Cheran, Dostonbek Hamdamov, Marat Bikmayev (Javohir Sidiqov, 60).

Ogohlantirishlar: Sanjar Qodirqulov 4, Yegor Krimets 82.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-03-2019, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 46) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют