» » Energetika vazirligi: O‘zbekistonda elektr energiyasi bilan bog‘liq uzilishlar 2020-yilga kelib barham topadi

Energetika vazirligi: O‘zbekistonda elektr energiyasi bilan bog‘liq uzilishlar 2020-yilga kelib barham topadi


O‘zbekistonda elektr energiyasi bilan bog‘liq uzilishlar 2020-yilga kelib barham topadi. Bu haqda Energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xo‘jayev ma’lum qildi, deya xabar beradi “Podrobno.uz”.

“Energetikani rivojlantirish dasturi nafaqat ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi hajmini ko‘paytirish, balki zo‘riqishlarni zudlik bilan bartaraf etish uchun ma’lum zaxira bo‘lishini ham ko‘zda tutadi. Hozir, afsuski, bunday zaxiramiz yo‘q. Oxirgi 10 yil davomida 2 ming megavatt yangi quvvatlar ishga tushirilgan, yaqin 10 yil ichida bu ko‘rsatkich bundan 6 barobar ko‘p bo‘lishi rejalashtirilgan. 2020-yildan boshlab mamlakat aholisi o‘zgarishlarni yaqqol seza boshlaydi. Ya’ni elektr ta’minotidagi uzilishlar keskin pasayadi, biz bunday muammolar yuzaga kelishi ehtimoli nolga teng bo‘lishiga harakat qilamiz”, — dedi Xo‘jayev.

Vazir o‘rinbosariga ko‘ra, Osiyo taraqqiyot banki mutaxassislari elektr energiyasi yetarli miqdorda yetkazib berilmasligi tufayli O‘zbekiston iqtisodiyoti yiliga o‘rtacha 6 milliard dollar yo‘qotayotganligi haqidagi xulosaga kelgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-04-2019, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют