» » Kelgusi 10 yil ichida O‘zbekistonda 25 ta quyosh elektr stansiyasi quriladi

Kelgusi 10 yil ichida O‘zbekistonda 25 ta quyosh elektr stansiyasi quriladi


O‘zbekiston 2030-yilga qadar elektr energiyasi ishlab chiqarishni 2 baravarga oshirishni rejalashtirgan. Bu haqda O‘zbekiston Energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xo‘jayev “Tahlilnoma” ko‘rsatuvida ma’lum qildi.

Energiya ishlab chiqarish hajmi 27 yilda 25%ga o‘sgan

Xo‘jayev aytishiga qaraganda, bugungi kunda O‘zbekiston elektr energiya ishlab chiqarish quvvati 11 ming megavattni tashkil qiladi, yillik energiya ishlab chiqarish hajmi esa 67,5 milliard kilovatt/soat.

O‘zbekistonning o‘sib borayotgan aholi soni, iqtisodi har yili elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojni 5 foizga oshirib kelmoqda. 2030-yilga kelib O‘zbekistonda elektr eneriyasi ishlab chiqarish quvvatini 25 000 megavattga yoki yillik elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmini 120 milliard soatga yetkazish talab etilati.

Bu bugungi kunga nisbatan 2 baravar ko‘p degani. Gap shundaki 1991— 2018-yillarda, 27 yil ichida, O‘zbekistonda energetika sohasi bor-yo‘g‘i 25 foizga o‘sgan.

Xo‘sh, qanday qilib 10 yil ichida sohani 2 baravar rivojlantirish mumkin?

Boshlovchining ushbu savoliga Sherzod Xo‘jayev quyidagicha javob berdi.

“Ma’lumki, yaqinda prezident qarori bilan O‘zbekistonda elektr energiyasi ishlab chiqarish sohasi uch qismga bo‘lindi: energiya ishlab chiqaruvchi, yetkazib beruvchi va joylarda taqsimlovchi tashkilotlarga.

Bundan maqsad sohaga sarmoyalar jalb qilish va sog‘lom raqobat uchun sharoit yaratishdir. Raqobat esa o‘z navbatida ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga olib keladi”.

Xo‘jayevga ko‘ra, elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmini quyidagi omillar asosida oshirish rejalashtirilmoqda:

O‘zbekiston energetika sohasida bugun foydalanilayotgan uskunalarning aksariyati eskirgan. Bugungi kunda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining faqat 20 foiz zamonaviy bug‘-gaz turbinalari yordamida ishlab chiqarilmoqda.

Vazir o‘rinbosari aytishiga qaraganda, eskirgan uskunalarni 4 yil ichida butunlay yangilash rejalashtirilgan. Buning natijasida energiya ishlab chiqarish samaradorligi va hajmi oshadi.

Soha mutaxassislari oldilariga qo‘ygan maqsadga muvofiq, foydalanilayotgan tabiiy gaz hajmi 2030-yilga borib oshmasligi va aksincha - kamayishi kerak.

Shuningdek 2030-yilga qadar 3500 ming megavatt quvvatga ega bo‘lgan quyosh va shamol elektr stansiyalari ishga tushadi. Shu bilan birga joylarda sharoitga qarab kichik GESlar va mobil IESlar ishga tushadi.

Umumiy hisobda kelayotgan 10 yil ichida O‘zbekistonda 25 ta quyosh elektr stansiyasi, 10 ta shamol elektr stansiyasi ishgan tushadi, dedi vazir o‘rinbosari.

Birinchi quyosh elektr stansiyasi qurish Navoiy viloyatida boshlanadi. Energetika vazirligi Navoiy viloyatida 2019 yilda 100 megavattli quyosh elektr stansiyasi qurish va foydalanishga topshirish buyicha tender o‘tkazishini xabar qildi.

O‘zbekistonda elektr energetikasi sohasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish borasida ham faol ishlar amalga oshirilmoqda. Ana shunday investitsiyalar avvalombor muqobil energetikasi sohasiga jalb qilinmoqda.

Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Arab amirliklariga bo‘lgan safari chog‘ida, arab kompaniyasi bilan Tolimarjon IESini qayta ta’mirlash va quvvatini oshirish haqida kelishuvga erishildi.

Undan tashqari quyosh va shamol elektr stansiyalari qurish sohasiga sarmoyalari kiritish haqida kelishib olindi.

Ma’lumki, O‘zbekistonda “Rosatom” yordamida birinchi Atom elektr stansiyasi qurish ishlari boshlab yuborilgan. AES ikkita 1100 megavattli energiya blokiga ega bo‘ladi. AESning birinchi energiya bloki 2028-yilda ishga tushishi rejalashtirilgan. Ayni damda stansiya qurilishi loyihalashtirish bosqichida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-04-2019, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют