» » Bank sohasidagi innovatsiya: Visa va UnionPay xalqaro kartalarini endi 24/7 rejimida to‘ldirish mumkin

Bank sohasidagi innovatsiya: Visa va UnionPay xalqaro kartalarini endi 24/7 rejimida to‘ldirish mumkin


Aksiyadorlik innovatsiya tijorat Ipak Yo‘li bankining Visa va UnionPay karta egalari endi o‘z xalqaro kartalarini mustaqil ravishda bankomatlar orqali 24/7 rejimida to‘ldirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Endilikda xalqaro karta egalari ularni istagan paytlarida Ipak Yo‘li bankining xalqaro kartalarga xizmat ko‘rsatuvchi bankomatlarida to‘ldirishlari mumkin.

“Ushbu qarorni qabul qilish juda ham dolzarb edi, negaki avvallari xalqaro kartalarni to‘ldirish uchun ish kunlari soat 09:00 dan 17:00 gacha ishlovchi bank ofislariga borish shart edi, – deydi Ipak Yo‘li bankining chakana biznesni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Temurbek Bahromov. – Kartani to‘ldirish tartibi juda oson: avvalo kartani bankomatga joylab, menyuda “Kartani to‘ldirish” vazifasini tanlash kerak, keyin esa naqd pulni kupyura qabul qiluvchiga solish kerak. Besh daqiqadan so‘ng ushbu mablag‘ kartangizda foydalanishga tayyor bo‘ladi”.

Eslatib o‘tamiz, Ipak Yo‘li bir hisobga bog‘langan ikkita karta taqdim etadi. Bu degani, yagona hisobni ham Visa, ham UnionPay kartalari orqali to‘ldirish mumkin.

Visa kartalariga qaysi bankomatlar xizmat ko‘rsatishi va ular qayerda joylashgani haqidagi ma’lumotni t.me/ipakyuliofficialbot Telegram-boti orqali bilib olishingiz mumkin.

Reklama huquqi asosida



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-04-2019, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют