» » Yer aholisining soni 7,7 milliardga yetdi

Yer aholisining soni 7,7 milliardga yetdi


BMT Bosh kotibining hisobotiga ko‘ra, 2019-yilda Yer aholisi 7,7 milliard kishini tashkil qiladi va 2050-yilga borib 9,7 milliard kishiga yetadi, deya xabar beradi “Interfaks”.

Nyu-Yorkdagi BMT markazida boshlangan aholishunoslik bo‘yicha komissiyaga taqdim etilgan hisobotga ko‘ra, aholi sonining o‘sishi, qarish, kamayib borayotgan tug‘ilish va tezkor urbanizatsiya bilan kuzatiladi.

Hozirda dunyoda o‘rtacha tug‘ilish darajasi ayol boshiga 2,5 bola, 2030-yilga kelib ayol boshiga o‘rtacha 2,4 bolaga to‘g‘ri keladi.

Prognozlarga ko‘ra, 2050-yilda dunyo aholisining 70% dan ortig‘i tug‘ilishning umumiy darajasi aholi sonini ko‘paytirish zarur bo‘lgan mamlakatlarda yashaydi.

65 va undan katta yoshdagi aholining umumiy aholi sonidagi ulushi ortib bormoqda.

Hozir ular Yevropada 19%, Shimoliy Amerikada 16%, 2050-yilga borib bu ko‘rsatkich mos ravishda 28% va 23% gacha ortadi. Ushbu davrda Osiyo, Lotin Amerikasida va Karib dengizida keksalarning ulushi 8% dan 18% gacha oshishi kutilmoqda. Bugungi kunda eng yosh aholiga ega bo‘lgan Afrikada, 2050-yilga kelib, qariyalar ulushi 9 foizni tashkil etadi.

Ayni kunda jahon aholisining taxminan 56 foizi shaharlarda yashaydi. Kelajakda aholining o‘sishi 2030-yilda dunyo aholisining 60 foizini, 2050-yilga borib qariyb 68 foizni tashkil etadigan shahar aholisi sonining ko‘payishi hisobidan yuz beradi.

So‘nggi 25 yil mobaynida butun dunyo bo‘ylab aholi farovonligi sezilarli darajada oshdi. Kambag‘allik darajasi past bo‘lgan aholi soni sezilarli darajada pasaygan, onalar o‘limi 40% ga qisqargan, umr ko‘rish davomiyligi sezilarli darajada oshgan.

1994 va 2019-yillar orasida besh yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limi 54% ga kamaydi.

Dunyo bo‘ylab umr ko‘rish davomiyligi 1994-yilda 64,9 yoshdan 2019-yilgacha 72,3 yilgacha oshdi va 2030-yilga kelib yana 2 yilga ko‘payadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-04-2019, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют