» » Toshkentda 80 yoshli otaxonning plastik kartasidan pul o‘margan shaxs qo‘lga olindi (video)

Toshkentda 80 yoshli otaxonning plastik kartasidan pul o‘margan shaxs qo‘lga olindi (video)


Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida istiqomat qiluvchi 80 yoshli pensionerning bank plastik kartasidan pullar o‘g‘irlanayotgani aniqlandi. Bu haqda O‘zbekiston 24 telekanali axborot dasturida xabar berildi.

Oyma-oy nafaqa pullari kelib tushadigan plastik kartasida mablag‘i kamayib qolayotganidan shubhalangan otaxon joriy yilning 7-mart kuni o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi bankka murojaat qilgan.

“Plastik kartasidan ko‘chirma olganimizda shu ma’lum bo‘ldiki, 2018-yil noyabr oyidan 2019-yil mart oyiga qadar muntazam ravishda pul mablag‘lari Payme tizimi orqali boshqa kartaga o‘tkazilgan. Shu muammolarning oldini olish maqsadida biz mijozlarga plastik kartadan to‘lov amalga oshirayotgan vaqtda PIN kod raqamini o‘zlari terishini va 3-shaxsga bermasligini tavsiya qilardik,”— deydi bank xodimi Laziz Oripov.

Bank plastik kartasi hisob raqamidagi aylanma mablag‘lar tekshirilganda undan boshqa bank mijozi bo‘lgan fuqaroga 3,200,000 so‘m miqdoridagi pul o‘tkazib olingani ma’lum bo‘lgan.

Huquq-tartibot idoralariga qilingan murojaatdan so‘ng bu ishlarni amalga oshirgan shaxsga nisbatan  jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Dastlabki tergov ishlaridan ma’lum bo‘lishicha, otaxon internetga pul to‘lash uchun kompaniya xodimiga plastik kartasini tutgan. Shunda xodim o‘zining telefoniga plastik kartaning parolini yozib olgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2019, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют